Valyuta kurslari 22/05/2025
$1 – 12937.93
UZS – 0,35%
€1 – 14665.14
UZS – 1,05%
₽1 – 161.10
UZS – 0,47%
Qidirish
O‘zbekiston 21/05/2025 “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi amalga oshiriladi

“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi amalga oshiriladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonni qabul qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

iqtidorli yoshlarni barvaqt aniqlash va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash orqali mamlakatda inson kapitalini rivojlantirish;

yoshlar bilan manzilli ishlash orqali global mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lgan mutaxassislar tayyorlash hamda mamlakat taraqqiyoti uchun yangi innovatsion imkoniyatlar yaratish.

Farmonga ko‘ra, “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi va uni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha milliy dastur amalga oshiriladi.

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimida Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatni tashkil etiladi.

Shuningdek, Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamjamiyati faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Maktabda o‘quv jarayoni 2025/2026 o‘quv yilidan boshlanadi.

Maktab bitiruvchilariga davlat namunasidagi taʼlim to‘g‘risidagi hujjat (shahodatnoma) bilan bir qatorda yetakchi xorijiy oliy taʼlim tashkilotlariga o‘qishga kirish imkonini beruvchi xalqaro taʼlim dasturi diplomi (International Baccalaureate) beriladi.

O‘quvchilar bilan individual ishlash tizimi joriy etilib, 1 nafar maslahatchi va pedagogga to‘g‘ri keladigan o‘quvchilar soni nisbatining cheklangan normativiga mutanosib ravishda 1:15 va 1:8 nisbatlar qo‘llanadi.

Maktabda taʼlim jarayoni variativ o‘quv rejalar asosida amalga oshiriladi hamda o‘quvchilar ingliz tilidan tashqari kamida yana bitta qo‘shimcha xorijiy tilga o‘qitiladi;

Maktabda Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan o‘qitiladigan o‘quvchilarning umumiy cheklangan soni 180 nafarni tashkil etadi.

O‘quvchilarga ilmiy-tadqiqot va innovatsion startap loyihalar hamda boshqa ijtimoiy loyihalar bo‘yicha o‘zining portfoliosini shakllantirishga ko‘mak beriladi.

Milliy dastur Prezident Farmonida nazarda tutilgan “Yorqin isteʼdod” loyihasini qamrab oladi va quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

har yili 1 500 nafargacha xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida o‘qishga salohiyatli umumiy o‘rta taʼlim tashkilotlarining joriy 9-sinf bitiruvchilari imtihon asosida saralab olinadi;

saralab olingan o‘quvchilar Agentlik tizimidagi maktablarning maktab maslahatchilariga biriktiriladi va maxsus platforma orqali 10–11-sinfda taʼlim olish davrida ular uchun qo‘shimcha o‘qish tashkil etiladi.

Milliy dasturni amalga oshirish doirasida quyidagi rag‘batlantirishlar qo‘llanadi:

Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internat (Maktab) ning 10-sinf o‘quvchilari va Milliy dastur ishtirokchisi bo‘lgan va eng yaxshi ko‘rsatkichga ega 40 nafar o‘quvchiga dunyoning nufuzli oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan tashkil etiladigan qisqa muddatli o‘quv dasturlarida har yili 1 marotaba qatnashish;

Maktab bitiruvchilari va Milliy dastur ishtirokchisi bo‘lgan o‘quvchilarning xalqaro miqyosda eʼtirof etilgan akademik reytingning eng ilg‘or 100 ta oliy taʼlim tashkilotlari ro‘yxatidan joy olgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olish xarajatlarini belgilangan tartibda qoplash;

maktab maslahatchilarini ularga biriktirilgan o‘quvchilarning oliy taʼlim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilinishiga qarab, mazkur Farmonga muvofiq bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlash.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling