Prezident: Gulistondgi kafeda halok bo‘lganlar oilalariga 100 million so‘mdan moddiy yordam ajratiladi
Prezident: Gulistondgi kafeda halok bo‘lganlar oilalariga 100 million so‘mdan moddiy yordam ajratiladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Sirdaryo viloyati xalq deputatlari Kengashi sessiyasida Prezident Shavkat Mirziyoyev Guliston shahridagi kafeda ro‘y bergan portlash natijasida halok bo‘lgan fuqarolar oilalariga chuqur taʼziya bildirdi.
Davlat rahbari uch kun muddatda halok bo‘lganlarning oilalariga 100 million so‘mdan moddiy yordam ajratishni topshirdi.
Hozirda Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi direktori rahbarligida o‘n nafar malakali shifokor jabrlanganlarga bepul tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga, masʼul idoralarga fojia sabablarini qisqa muddatda aniqlash va qonun ustuvorligini taʼminlash vazifasi yuklatiladi.
Prezident sodir bo‘lgan voqea favqulodda vaziyatlarni oldini olish bo‘yicha butun tizim uchun jiddiy saboq bo‘lishi kerakligini taʼkidladi. Qishki mavsumda bunday holatlarning oldini olish maqsadida barcha masʼul xizmatlarni kunu-tun ishlash tartibiga o‘tkazish zarurligi alohida qayd etildi.