Valyuta kurslari 25/06/2025
$1 – 12456.25
UZS – 0,36%
€1 – 14461.71
UZS – 1,57%
₽1 – 158.36
UZS – -0,01%
Qidirish
O‘zbekiston 06/03/2025 Prezident 117 ta idoraning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limlari rahbarlarini ishdan bo‘shatish to‘g‘risida buyruq berdi

Prezident 117 ta idoraning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limlari rahbarlarini ishdan bo‘shatish to‘g‘risida buyruq berdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bosh vazir Abdulla Aripovga 117 ta vazirlik va idoradagi “korrupsiyaga qarshi ichki nazorat” tuzilmalari rahbarlarini ishdan olish va ularning o‘rniga halol, fidoyi va professional kadrlar tayinlashni topshirdi.

Vazirliklarning hududiy komplayens xodimlarini bevosita vazirni o‘zi ishga qo‘yishi, o‘ziga siyosiy masʼuliyat olib, butun tizimidagi korrupsiya uchun shaxsan javob berishi belgilandi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining ish uslubi ham o‘zgartiriladi. Buning uchun tajriba tariqasida 5 ta idora: Sog‘liqni saqlash, Qurilish, Suv xo‘jaligi vazirliklari, “O‘zbekneftgaz” va “O‘zsuvtaʼminot”ning komplayens nazorati agentlikka o‘tkaziladi.

Yil yakuni bilan bu vazirliklarda qancha korrupsiyaviy omillarni bartaraf qilgani, odamlarga qanday yengilliklar bo‘lgani haqida Milliy kengashda hisobot beradi.

Shuningdek, agentlik vazir, hokimlar bilan birgalikda har chorakda korrupsiya yuqori bo‘lgan kamida 3 ta sohada tumangacha tushib, maishiy va tizimli korrupsiya omillarini chuqur o‘rganadi, tahlillar asosida qaysi jarayonni raqamlashtirish, qaysi byurokratik tartibni bekor qilish bo‘yicha aniq choralarni ishlab chiqish vazifasi yuklatildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling