Valyuta kurslari 15/10/2025
$1 – 12185.11
UZS – 0,29%
€1 – 14081.11
UZS – -0,04%
₽1 – 152.58
UZS – 1,42%
Qidirish
“Premier Electronics” — Afg'onistonda 3-savdo do'konini ochdi

“Premier Electronics” — Afg'onistonda 3-savdo do'konini ochdi

“Premier Electronics” — Afg'onistonda 3-savdo do'konini ochdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Afg‘oniston bozorida elektrotexnika mahsulotlariga bo‘lgan talab tez sur’atlar bilan ortib bormoqda. Bu esa mazkur yo‘nalishni istiqbolli va ulkan imkoniyatlarga ega bozor sifatida namoyon etmoqda.

Mazkur jarayonning amaliy natijasi sifatida, “O‘zeltexsanoat” uyushmasiga a’zo “Premier Electronics” kompaniyasi Afg‘onistonning Mozori-Sharif shahrida o'zining uchinchi savdo do‘konini ochdi.

Kompaniyaning rasmiy dileri — Muhammad Hoshim so'zlariga ko'ra, ushbu do‘konlarda “Premier” brendi ostida ishlab chiqarilgan 10 turdagi maishiy texnika mahsulotlari aholiga taqdim etilmoqda. Mahsulotlar o‘zining sifati, zamonaviy dizayni va ishonchliligi bilan Afg‘oniston bozorida raqobatbardosh o‘rinni egallamoqda. Yaqin ikki oy ichida esa kompaniya Hirot va Qobul shaharlarida ham yangi savdo do‘konlarini ochishni rejalashtirgan.

Shu bilan birga, uyushma tashabbusi bilan “Uzelectronics” multibrend savdo markazi ham faoliyat boshlashi kutilmoqda. Bu esa mamlakatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash, hamda o‘zbek mahsulotlarini Afg‘oniston bozorida keng tanitishga xizmat qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling