Valyuta kurslari 25/09/2025
$1 – 12219.08
UZS – 0,39%
€1 – 14379.41
UZS – 0,11%
₽1 – 145.97
UZS – 0,03%
Qidirish
Poytaxtimizda savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Sichuan-Toshkent biznes forumi bo‘lib o‘tdi

Poytaxtimizda savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Sichuan-Toshkent biznes forumi bo‘lib o‘tdi

Poytaxtimizda savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Sichuan-Toshkent biznes forumi bo‘lib o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 23-sentabr kuni XXRning Sichuan provinsiyasi delegatsiyasi tashrifi doirasida Toshkent shahrida “Sichuan – Toshkent” biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirishga qaratildi. Unda Xitoy Kompartiyasi Sichuan viloyati Siyosiy byurosi doimiy qo‘mitasi a’zosi Pubu Dunzhu, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Ilzat Kasimov, Toshkent shahar hokimligi, shuningdek ikki davlat tadbirkorlari ishtirok etdi.

Forum O‘zbekistonning investitsiya salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot bilan boshlandi. Qayd etilishicha, O‘zbekiston va Sichuan o‘rtasidagi savdo hajmi Markaziy Osiyodagi eng yuqori ko‘rsatkichni tashkil etadi. Qo‘shma korxonalar soni tez sur’atlar bilan ortmoqda - joriy yilda 800 dan ortiq yangi kompaniya ro‘yxatdan o‘tkazilib, ularning umumiy soni 4,5 mingga yetdi.

Forum doirasida hamkorlik to‘g‘risida kelishuvlar imzolash marosimi hamda “Dongfang Electric” kompaniyasining Markaziy Osiyo mintaqaviy markazi tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, Ilzat Kasimov va Pubu Dunzhu o‘rtasida muzokaralar bo‘lib, unda energetika, geologiya, kimyo sanoati, transport, qishloq va suv xo‘jaligi sohalarida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Tadbir yakunida Toshkent va Sichuan o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada chuqurlashtirishga o‘zaro tayyorlik bildirildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling