Valyuta kurslari 05/03/2026
$1 – 12179.81
UZS – -0,25%
€1 – 14139.54
UZS – -0,22%
₽1 – 156.73
UZS – -0,51%
Qidirish
Poytaxtimizda infratuzilma va aqlli shaharlarni rivojlantirish bo'yicha O'zbekiston-Yaponiya biznes-forumi bo'lib o'tdi

Poytaxtimizda infratuzilma va aqlli shaharlarni rivojlantirish bo'yicha O'zbekiston-Yaponiya biznes-forumi bo'lib o'tdi

Poytaxtimizda infratuzilma va aqlli shaharlarni rivojlantirish bo'yicha O'zbekiston-Yaponiya biznes-forumi bo'lib o'tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 4-mart kuni Toshkentda infratuzilmani rivojlantirish va “aqlli shahar” texnologiyalarini joriy etishga bag‘ishlangan O‘zbekiston-Yaponiya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.

Forum Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan tashkil etilib, investitsiyaviy va texnologik hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini muhokama qilishga imkon yaratdi.

O‘zbekiston delegatsiyasiga ISSV vaziri o‘rinbosari Ilzat Kasimov boshchilik qildi. Tadbirda tegishli vazirlik va idoralar, Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish agentligi, Savdo-sanoat palatasi, IT Park hamda infratuzilma tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

Yaponiya delegatsiyasiga Yaponiya yer, infratuzilma, transport va turizm vaziri o‘rinbosari Terada Yoshimichi boshchilik qildi.

Shuningdek, Yaponiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Hirata Kendzi hamda Hankyu, Shimizu, Nikken Sekkei, Itochu, Marubeni, Sojitz va Oriental Consultants Global kompaniyalari vakillari qatnashdi.

2025-yil yakunlariga ko‘ra o‘zaro savdo hajmi qariyb $400 mlnga yetdi, Yaponiya kapitali ishtirokidagi korxonalar soni esa so‘nggi 8 yilda deyarli o‘n barobar oshib, 130 taga yaqinlashdi.

Forum davomida intellektual transport tizimlari, kommunal infratuzilmani modernizatsiya qilish, shahar muhitini raqamli monitoring qilish, jamoat transportini rivojlantirish va barqaror shaharsozlik yo‘nalishlarida qo‘shma loyihalar muhokama qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling