Valyuta kurslari 03/12/2025
$1 – 11880.93
UZS – -0,12%
€1 – 13794.95
UZS – -0,23%
₽1 – 153.28
UZS – 0,2%
Qidirish
Poytaxtimizda anʼanaviy "Asal bayrami" boshlandi

Poytaxtimizda anʼanaviy "Asal bayrami" boshlandi

Poytaxtimizda anʼanaviy "Asal bayrami" boshlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2-11 dekabr kunlari Toshkent shahridagi "Anhor” bog‘i hududida oltinchi marta “Asal bayrami” milliy asalarichilik hamda oziq-ovqat mahsulotlari xalqaro ko‘rgazma-yarmarkasini o‘tkazilmoqda.

Tadbir “O‘zbekiston asalarichilari” uyushmasi va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamkorligida tashkil etilmoqda.

Asalarichilik tarmog‘idagi izchil islohotlar natijasida 2025 yilda asalarichilik bilan shug‘ullanuvchi subyektlar soni 35 mingtaga yetdi — 2024 yilga nisbatan 9 foiz, 2017 yilga nisbatan esa 2,3 barobar ko‘p.

Asalari oilalari 1,8 mln donani tashkil etib, asal yetishtirish hajmi 17 ming tonnaga yetdi. Eksportda ham ijobiy dinamika kuzatildi: Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston va Armanistonga asalari paketlari eksporti 3,26 mln dollarga yetdi.

Yarmarka doirasida mamlakatning barcha hududlaridan 400 dan ortiq asalarichilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi subyektlar hamda sohaning 1500 ga yaqin ilg‘or mutaxassisi ishtirok etmoqda.

Shuningdek, Rossiya, Xitoy, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Turkiyadan nufuzli mehmonlar, ilmiy-tadqiqot institutlari professorlari, olimlar va ko‘p yillik tajribaga ega ekspertlar tashrif buyurdi. Tadbirning xalqaro nufuzini yana-da oshirib, Jahon oziq-ovqat tashkiloti (FAO) va Xalqaro IKARDAning mintaqaviy vakillari ham ishtirok etmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling