Valyuta kurslari 03/09/2025
$1 – 12422.90
UZS – -0,3%
€1 – 14457.77
UZS – -0,6%
₽1 – 154.30
UZS – -0,49%
Qidirish
«Poytaxt Bank» ustav kapitalini 500 mlrd so‘mga yetkazadi

«Poytaxt Bank» ustav kapitalini 500 mlrd so‘mga yetkazadi

«Poytaxt Bank» ustav kapitalini 500 mlrd so‘mga yetkazadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — «Poytaxt Bank» AJ ustav kapitalini 100 milliard so‘mdan 500 milliard so‘mgacha oshirishni rejalashtirmoqda.

Bank aksiyadorlari tomonidan 400 milliard so‘mlik qo‘shimcha aksiya chiqarish qarori qabul qilindi. Jami 400 million dona oddiy aksiya chiqariladi. Har bir aksiyaning narxi 1 000 so‘m bo‘ladi.

Aksiyalar faqat yagona aksiyador — Bond Investment Limited MCHJ (BAA) o‘rtasida amaldagi qonunchilikka muvofiq yopiq obuna tartibida joylashtiriladi. Joylashtirish muddati — chiqarilish davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab bir yil.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil boshidan mamlakatda banklar uchun ustav kapitali minimal miqdori 500 milliard so‘m etib belgilangan.

«Poytaxt Bank» 2019 yil boshida ipoteka kreditlari berish va qurilish loyihalarini, avvalo arzon uy-joy dasturlarini moliyalashtirish maqsadida tashkil etilgan.

2024 yil iyun oyida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bankni xususiylashtirish bo‘yicha BAAning Bond Investments Limited kompaniyasi bilan kelishuvga erishdi. Kompaniya 100 foiz davlat ulushini 10 million AQSH dollari evaziga sotib oldi.

Oktyabr oyiga kelib xususiylashtirish jarayoni yakunlandi. Yuridik shaxslarning yagona davlat reyestri maʼlumotlariga ko‘ra, bankning yangi asoschisi sifatida Bond Investments Limited qayd etildi va kompaniya 100 foiz aksiyalarga egalik qilmoqda. Shu bilan birga, yuridik shaxsning rasmiy nomiga «xorijiy kompaniya» degan izoh ham kiritildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling