Valyuta kurslari 02/12/2025
$1 – 11895.57
UZS – -0,38%
€1 – 13826.22
UZS – 0,08%
₽1 – 152.98
UZS – 0,2%
Qidirish
O'zbekiston va GIZ dual kasbiy ta'limni rivojlantirish loyihasini ishga tushirdilar

O'zbekiston va GIZ dual kasbiy ta'limni rivojlantirish loyihasini ishga tushirdilar

O'zbekiston va GIZ dual kasbiy ta'limni rivojlantirish loyihasini ishga tushirdilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 1-dekabr kuni Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan kasbiy ta’lim tizimida dual ta’limni rivojlantirish bo‘yicha “O‘zbekistonning kasbiy ta’lim tizimida islohotlar va modernizatsiya jarayonini qo‘llab-quvvatlash, TexVET-II” loyihasini amalga oshirish yuzasidan shartnoma imzolandi.

Loyihaning maqsadi texnikumlarda bir vaqtda ham o‘qib ham ishlash imkonini beruvchi dual ta’lim shaklida kadrlar tayyorlash, ta’lim dasturlarini mehnat bozori talablariga moslashtirish, ta’lim sifatini oshirish, xotin-qilzarni kasbga o‘qitish orqali daromad topish imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat. 

Loyiha doirasida xalqaro ekspertlarni jalb etish orqali dual ta’lim dasturlari modernizatsiya qilinadi, kadrlar tayyorlashda ish beruvchilar bevosita ishtirok etadi va texnikumlarning moddiy-texnika bazasi mustahkamlanadi.

Shuningdek, loyiha yoshlarning amaliy ko‘nikmalarini oshirishga, ayollar uchun qulay ta’lim imkoniyatlarini kengaytirishga, mehnat bozori uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga hissa qo‘shadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling