Valyuta kurslari 18/12/2025
$1 – 12059.78
UZS – -0,38%
€1 – 14129.24
UZS – -0,73%
₽1 – 150.07
UZS – -1,63%
Qidirish
Portativ lazerli nur tarqatgichlardan qonunga xilof ravishda foydalanganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda

Portativ lazerli nur tarqatgichlardan qonunga xilof ravishda foydalanganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda

Portativ lazerli nur tarqatgichlardan qonunga xilof ravishda foydalanganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Senatning o‘n ikkinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun muhokama etildi.

Qayd etish lozimki, bugungi kunda jahonda texnologiya rivojlanishi bilan turli elektron uskunalar, jumladan, portativ lazerli nur tarqatgichlar ham keng ommalashmoqda. Bu qurilmalar arzon, oson yetib boriladigan va ko‘p hollarda ko‘ngilochar yoki taʼlim maqsadlarida ishlatiladi.

Biroq ulardan noqonuniy yoki nomuvofiq foydalanilishi jamoat xavfsizligiga jiddiy tahdid solishi mumkin.

Xususan, samolyotlarning uchishi yoki qo‘nishi paytida ularning ekipajiga lazer nurlarini yo‘naltirilishi qo‘nish yoki parvoz jarayonida ekipaj diqqatini chalg‘itib, halokat xavfini oshiradi.

Bundan tashqari, jamoat xavfsizligini taʼminlashga masʼul bo‘lgan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga lazer nurlarini yo‘naltirilishi natijasida ko‘zning vaqtincha ko‘rmay qolishiga, bu esa sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan tartibsizliklarning oldini olishda salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Ko‘pgina xorijiy davlatlarda lazer qurilmalarining foydalanishini cheklovchi va nazorat qiluvchi qonunlar qabul qilingan.

Mamlakatimizda ham jamoat xavfsizligini taʼminlash maqsadida ushbu turdagi qurilmalarni nazorat qilish, ularni litsenziyalash va noqonuniy foydalanish holatlarini jazolash bo‘yicha choralar qatorida mazkur Qonun qabul qilinmoqda.

Qonun bilan amaldagi qonunchilikka mahalla huquq-tartibot maskanlarining hamda tayanch punktlarining tarkibini, ularda xizmat qiluvchi inspektorlarning vakolatlarini aniqlashtirishga, patrul-post xizmati saf bo‘linmalarining mansabdor shaxslari tomonidan tuzilgan maʼmuriy bayonnomalarni ko‘rib chiqish hamda jazo chorasini qo‘llash vakolatiga ega shaxslarni aniqlashga, shuningdek portativ lazerli nur tarqatgichlarning qonunga xilof muomalasi uchun javobgarlik belgilashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Senatorlar taʼkidlaganidek, Qonunning qabul qilinishi mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda jamoat tartibini saqlash ishlari samaradorligini yana-da oshirishga xizmat qiladi.

Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling