Polshada yashirinib yurgan jinoyatchi O'zbekistonga qaytarildi
Polshada yashirinib yurgan jinoyatchi O'zbekistonga qaytarildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Interpolning Oʻzbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi hamda Oʻzbekistonning Polshadagi elchixonasi oʻzaro hamkorligidagi saʼy-harakatlari natijasida ogʻir turdagi jinoyatni sodir etgan shaxs qoʻlga olindi.
Interpol Oʻzbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi masʼul xodimlari tomonidan olib borilgan bir qator tegishli tezkor ishlar hamda Oʻzbekistonning Polshadagi elchixonasi vakillarning hamkorligida ogʻir turdagi jinoyatni sodir etib Polsha davlatida yashirinib yurgan jinoyatchi aniqlandi.
Jinoyatchi xalqaro shartnomalarda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasiga deportatsiya qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi olib borilayotgan islohotlar, xususan huquqni muhofaza qiluvchi organlarining xorijiy davlatlar bilan oʻzaro hamkorlikda olib borayotgan keng koʻlamli ishlari oʻzining ijobiy natijalarini bermoqda. Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelingan shaxs sodir etgan jinoyati uchun qonun oldida javob beradi.