Valyuta kurslari 06/10/2025
$1 – 12060.48
UZS – -0,32%
€1 – 14156.59
UZS – -0,47%
₽1 – 146.97
UZS – -1,3%
Qidirish
Pokistonning yetakchi tibbiy va diagnostika markazi Oʻzbekistonda qoʻshma loyihalarni amalga oshirishi mumkin

Pokistonning yetakchi tibbiy va diagnostika markazi Oʻzbekistonda qoʻshma loyihalarni amalga oshirishi mumkin

Pokistonning yetakchi tibbiy va diagnostika markazi Oʻzbekistonda qoʻshma loyihalarni amalga oshirishi mumkin

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston elchisi Alisher Toʻxtayev Lahor shahrida Pokistonning yetakchi tibbiy va diagnostika tarmoqlaridan biri "Chughtai Lab" asoschisi va raisi Axtar Chugʻtay hamda boshqaruvchi direktor Omar Chugʻtay bilan uchrashuv oʻtkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot davomida tibbiy texnologiyalarni joriy qilish, mutaxassislar malakasini oshirish, qoʻshma ilmiy-tadqiqotlar oʻtkazish, oʻqituvchilar uchun akademik almashinuv va ta'lim dasturlari tashkil etish kabi yoʻnalishlarda hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Oʻzbekistonda "Chughtai Lab" filiali yoki qoʻshma korxonasini ochish imkoniyatlari koʻrib chiqildi.

"Chughtai Lab" rahbariyati laboratoriyaning rivojlanish tarixi va hozirgi holati, kompaniya faoliyatini xorijiy bozorlarga chiqarish rejalari haqida ma'lumot berdi. Bu borada Markaziy Osiyo, jumladan, Oʻzbekiston muhim yoʻnalish sifatida qayd etildi.

Elchi Alisher Toʻxtayev mamlakatimizda tibbiyot sohasini rivojlantirish milliy siyosatning ustuvor yoʻnalishlaridan biri ekanini ta'kidlab, bu sohadagi davlat dasturlari, innovatsiyalarni joriy etish va malakali kadrlar tayyorlashga doir ishlar haqida toʻxtaldi.

"Chughtai Lab" rahbariyati Oʻzbekistonning mutasaddi vazirlik va idoralari, tibbiyot yoʻnalishidagi oliy ta'lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari bilan aloqalar oʻrnatish hamda hamkorlik masalalarini amaliy jihatdan ishlab chiqishga tayyorligini bildirdi.

Tomonlar tibbiy xizmatlar, ta'lim va innovatsiyalar sohasida hamkorlik yoʻnalishlarini aniqlash, qoʻshma loyihalarni amalga oshirish masalalarini amaliy tarzda ishlab chiqish yuzasidan kelishib oldi.

"Chughtai Lab" diagnostika xizmatlari va sogʻliqni saqlash sohasida 40-yildan ziyod faoliyat koʻrsatib kelayotgan Pokistondagi yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. 2021-yildan boshlab u klassik laboratoriyadan koʻp funksiyali tuzilmaga aylanib, radiologiya, ambulator va klinik maslahatlar, dorixonalar tarmogʻi, emlash markazlari, tez yordam va uyda tibbiy patronaj xizmatlari yoʻnalishlarini rivojlantirmoqda. Shuningdek, "Chughtai Institute of Pathology" va tibbiyot kolleji negizida ta'lim dasturlari va ilmiy loyihalar amalga oshirilmoqda. Kompaniya mamlakat boʻylab kecha-yu kunduz ishlaydigan 350 dan ortiq tahlil markazlaridan iborat milliy tarmoqqa ega.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling