Valyuta kurslari 22/07/2025
$1 – 12603.52
UZS – 0,2%
€1 – 14676.80
UZS – 0,3%
₽1 – 160.94
UZS – 0,39%
Qidirish
O‘zbekiston 22/07/2025 Pokistonda og'ir vaziyatga tushib qolgan vatandoshimiz O'zbekistonga qaytarildi

Pokistonda og'ir vaziyatga tushib qolgan vatandoshimiz O'zbekistonga qaytarildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O'zbekiston elchixonasi diplomatlari say'-harakatlari bilan Pokistonda og'ir vaziyatga tushib qolgan hamyurtimiz oilasi bag'riga qaytarildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekiston fuqarosi E.X. mamlakatimiz elchixonasiga murojaat qilib, og'ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolganini, vaqtinchalik turar joy va kundalik ehtiyojlar uchun zarur mablag'ga ega emasligini ma'lum qilib, yordam so'ragan.

Vatandoshimizning murojaati elchixona tomonidan alohida nazoratga olinib, qisqa fursat ichida zarur konsullik-huquqiy va moddiy yordam ko'rsatish bo'yicha choralar ko'rildi.

Yurtdoshimizga O'zbekistonga qaytish uchun tegishli konsullik guvohnomasi rasmiylashtirildi va elchixona xodimlari hamda homiylar ko'magida aviachipta xarid qilindi. E.X. kuni kecha "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasining Islomobod-Toshkent aviareysi bilan Vatanga qaytarildi.

Vatandoshlarimizni har qanday holatda yolg'iz qoldirmaslik, ularga konsullik-huquqiy yordami ko'rsatish – O'zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biridir.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling