Pokistonda “Made in Uzbekistan” milliy stendi doirasida farmatsevtika salohiyati namoyish etilmoqda
Pokistonda “Made in Uzbekistan” milliy stendi doirasida farmatsevtika salohiyati namoyish etilmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi vakillari Pokiston Islom Respublikasining Islomobod shahrida “Made in Uzbekistan” milliy stendi ostida tashkil etilgan xalqaro ko‘rgazmada faol ishtirok etmoqda.
Ko‘rgazma doirasida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan farmatsevtika mahsulotlari, tibbiy buyumlar, tibbiy texnika hamda biologik faol qo‘shimchalar namoyish etilmoqda. Milliy stend ishtirokchilar va xorijiy hamkorlar tomonidan eʼtibor bilan kuzatilmoqda.
Ko‘rgazmaning ochilish marosimida Pokiston Islom Respublikasi Bosh vazirining sanoat va ishlab chiqarish masalalari bo‘yicha maxsus yordamchisi Xarun Axtar ishtirok etib, “Made in Uzbekistan” milliy stendi, jumladan, farmatsevtika yo‘nalishida taqdim etilgan loyihalar bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida Xarun Axtar O‘zbekiston farmatsevtika tarmog‘ining salohiyatini yuqori baholab, ikki mamlakat o‘rtasida mazkur sohadagi hamkorlikni yana-da mustahkamlash muhimligini alohida taʼkidladi.