Valyuta kurslari 13/11/2025
$1 – 11972.35
UZS – -0,15%
€1 – 13852.01
UZS – -0,1%
₽1 – 147.52
UZS – -0,02%
Qidirish
Pokiston kompaniyalari Oʻzbekiston farmatsevtika sanoati bilan hamkorlikni muhokama qilishdi

Pokiston kompaniyalari Oʻzbekiston farmatsevtika sanoati bilan hamkorlikni muhokama qilishdi

Pokiston kompaniyalari Oʻzbekiston farmatsevtika sanoati bilan hamkorlikni muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil 12 noyabr kuni Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida Pokistonning "JHK Pharma" hamda Fozan "Pharmaceutical Industries" kompaniyalari rahbariyati bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirlar davomida farmatsevtika sohasida hamkorlik istiqbollari, investitsiya imkoniyatlari va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

"JHK Pharma" kompaniyasi infuzion eritmalar va tibbiy vositalar ishlab chiqarish sohasida katta tajribaga ega bo‘lib, Markaziy Osiyo bozorida faoliyat yuritish imkoniyatlarini o‘rganish maqsadida mamlakatimizga tashrif buyurdi.

Kompaniya vakillariga agentlikning faoliyati, farmatsevtika klasteri va mavjud investitsiya loyihalari haqida maʼlumot berildi.

"Fozan Pharmaceutical Industries" kompaniyasi bilan bo‘lgan uchrashuvda esa farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni xalqaro standartlar asosida yo‘lga qo‘yish, tajriba almashish, yangi sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish hamda tabiiy mahsulotlar - herbs yo‘nalishida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama etildi.

Agentlik direktori Abdulla Azizov uchrashuvlar davomida O‘zbekiston hukumati tomonidan farmatsevtika sanoati mamlakat iqtisodiyotining yangi drayveri sifatida belgilanganini taʼkidladi.

Shuningdek, xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar, farmatsevtika sohasidagi davlat siyosati, eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari hamda "Tashkent Pharma Park" farmatsevtka klasteri faoliyati bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.

Uchrashuvlar samarali va konstruktiv ruhda o‘tdi. Tomonlar farmatsevtika sohasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish va qo‘shma tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash borasida o‘zaro anglashuvga erishdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling