Valyuta kurslari 05/02/2026
$1 – 12265.77
UZS – 0,06%
€1 – 14492.01
UZS – 0,26%
₽1 – 159.07
UZS – -0,26%
Qidirish
Pensiya jamg'armasi Jahon banki va XMT mutaxassislari bilan pensiya tizimining aktuar bahosini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Pensiya jamg‘armasida Jahon banki va Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) vakillari bilan pensiya tizimini aktuar baholash masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda Pensiya jamg‘armasi rahbariyati, XMT vakillari - Andre Pikard, Paskal Annike, shuningdek, Jahon banki ekspertlari Himanshi Jain va Marina Novikova ishtirok etishdi.

Pensiya tizimini aktuar baholash bo‘yicha Halqaro moliya tashkilotlari tomonidan grant ajratildi.

O‘zaro muloqot davomida O‘zbekistonda pensiya tizimini aktuar baholash jarayonining amaliy jihatlari, tahliliy ko‘rsatkichlar bilan ishlash, shuningdek, texnik va tashkiliy masalalar muhokama qilindi.

Muloqot so‘ngida pensiya tizimini yana-da takomillashtirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar hamda xalqaro ekspertlar o‘rtasida hamkorlik tartibi, istiqboldagi vazifalar aniq belgilab olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling