Valyuta kurslari 28/08/2025
$1 – 12412.98
UZS – 0,47%
€1 – 14386.64
UZS – 0,01%
₽1 – 154.28
UZS – 0,23%
Qidirish
O‘zbekiston 28/08/2025 Pekinda O‘zbekiston ishtirokida ShHTga a’zo davlatlar madaniy merosi ko‘rgazmasi ochildi

Pekinda O‘zbekiston ishtirokida ShHTga a’zo davlatlar madaniy merosi ko‘rgazmasi ochildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Pekin shahrida 16-noyabrga qadar Xitoy Milliy muzeyida bo‘lib o‘tadigan “Tamaddunlarning porloq burji: SHHT mamlakatlari milliy muzeylarining madaniy merosi” ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ekspozitsiyada Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Tyanszin sammiti arafasiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda a’zo mamlakatlarning 10 ta peshqadam muzeylaridan 220 ta noyob osori atiqalar to‘plangan.

Unda yurtimiz Davlat tarix muzeyi va Davlat san’at muzeyi kolleksiyalariga mansub 27 ta eksponat bilan ishtirok etmoqda. Namoyishga qo‘yilgan ashyo va buyumlar orasidan mamlakatning hashamatli va ko‘p asrlik madaniy merosini aks ettiruvchi nodir arxeologik topilmalar, devoriy suratlar, o‘rta asrlar hunarmandchiligi namunalari hamda XIX-XX asrlarga oid amaliy san’at asarlari o‘rin olgan.

Ko‘rgazma SHHT mamlakatlarining boy merosi va Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab o‘tgan tarixiy aloqalarini yorqin namoyish etuvchi muhim madaniy muloqot maydoniga aylanganini ta’kidlamoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling