Valyuta kurslari 06/02/2026
$1 – 12279.48
UZS – 0,11%
€1 – 14508.21
UZS – 0,11%
₽1 – 159.25
UZS – 0,11%
Qidirish
Paxta yetishtirishda intensiv agrotexnologiyalar keng joriy etiladi

Paxta yetishtirishda intensiv agrotexnologiyalar keng joriy etiladi

Paxta yetishtirishda intensiv agrotexnologiyalar keng joriy etiladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Paxtachilik va g‘allachilikda hosildorlikni oshirish uchun yuqori samarador intensiv agrotexnologiyalarni qo‘llashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–370-son) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, quyidagilar 2026 yil uchun asosiy maqsadli ko‘rsatkichlar etib belgilandi, jumladan:

zamonaviy intensiv agrotexnologiyalarni keng joriy etish natijasida hosildorlikni paxtachilikda 50 sentnerdan oshirish, g‘allachilikda 100 sentnerga yetkazish;

ilm-fan yutuqlari va ustoz-shogird anʼanalariga asoslangan yangi tizimni joriy etish orqali paxtachilikda hosildorlikni oshirish.

2026 yil hosilidan boshlab:

tuproqning 1 bonitet baliga nisbatan normativ hosildorlikka (sentner/gektar) 0,7 koeffitsiyentni qo‘llagan holda paxta xomashyosini yetishtirish uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi. Bunda:

imtiyozli kreditlarning 0,6 koeffitsiyentdan oshgan qismi uchun likvidli garov taʼminoti taqdim etiladi;

paxta yetishtirishda agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan, plyonka va tomizg‘ichli shlanglarni xarid qilish xarajatlari imtiyozli kreditlar hisobidan amalga oshiriladi. Bunda:

imtiyozli kreditlar tijorat banklari orqali har yili yanvar – avgust oylarida ajratiladi;

yil davomida imtiyozli kredit limitining 50 foizgacha qismidan foydalangan paxta yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklariga belgilangan tartibda sotilgan paxta qiymatining 5 foizi miqdorida subsidiya ajratish tizimi joriy qilinadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling