Valyuta kurslari 01/07/2025
$1 – 12694.97
UZS – 0,32%
€1 – 14878.50
UZS – 0,41%
₽1 – 161.60
UZS – 0,26%
Qidirish
O‘zbekiston 07/04/2025 Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasining birinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi

Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasining birinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 6-aprel kuni Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasining “Ijtimoiy taraqqiyot va adolat uchun parlament harakati” mavzusidagi birinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlisni Parlamentlararo ittifoq Prezidenti Tuliya Ekson ochib berdi.

Tuliya Ekson o‘z nutqida parlamentlar jahon miqyosidagi ijtimoiy muvozanatni tiklash, barqarorlik va adolatni taʼminlashda hal qiluvchi siyosiy institut sifatida faol ishtirok etishi zarurligini alohida taʼkidladi.

Majlis davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva Assambleya Prezidenti sifatida minbarga taklif etildi.

Tanzila Narbayeva o‘zining kirish so‘zida O‘zbekistonning olib borayotgan ijtimoiy islohotlari, ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish borasidagi keng ko‘lamli tashabbuslar va xalqaro hamkorlikdagi saʼy-harakatlarini taʼkidlab o‘tdi. Shuningdek, u barcha delegatsiyalarni ochiq muloqotga chorlab, yalpi majlis ishiga muvaffaqiyatlar tiladi.

Assambleya doirasidagi fikr almashuvi yangi amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilishi, ular yakuniy hujjatlar assosida parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishi qayd etildi.

Yalpi majlis yakunida Senat Raisi barcha ishtirokchilarni ochiq va konstruktiv muloqot uchun minnatdorlik izhor etdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling