Valyuta kurslari 08/01/2026
$1 – 12033.28
UZS – 0,54%
€1 – 14060.89
UZS – 0,29%
₽1 – 149.30
UZS – 1,06%
Qidirish
Parlament qo'mitalari qonunlar va davlat dasturlarining bajarilishini nazorat qilish uchun kengaytirilgan vakolatlarga ega bo'ladi

Parlament qo'mitalari qonunlar va davlat dasturlarining bajarilishini nazorat qilish uchun kengaytirilgan vakolatlarga ega bo'ladi

Parlament qo'mitalari qonunlar va davlat dasturlarining bajarilishini nazorat qilish uchun kengaytirilgan vakolatlarga ega bo'ladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Majlisda Senatning parlament nazorati faoliyatining asoslarini yanada mustahkamlashga qaratilgan qonunchilik taklifi ko‘rib chiqilmoqda.

Mazkur qonun loyihasi bilan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonunga Senat qo‘mitalari tomonidan davlat organlari va ular mansabdor shaxslarining Konstitutsiya va qonunlarni, davlat dasturlarini ijro etish bo‘yicha axborotini eshitish vakolatini mustahkamlashga qaratilgan o‘zgartirish kiritilmoqda.

Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunga tuzatish kiritilib, deputat va senator palataga hisobdor organ yoxud mansabdor shaxsning hisoboti yoki axborotini nafaqat palata majlisida, balki endilikda o‘zi a’zo bo‘lgan qo‘mita majlislarida ham eshitish to‘g‘risida taklif kiritishga haqliligi nazarda tutilmoqda.

Bundan tashqari, “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi Qonunning tegishli moddalariga o‘zgartirish kiritilib, Qonunchilik palatasi va Senatning qo‘mitalari tomonidan davlat organlari va ular mansabdor shaxslarining Konstitutsiya va qonunlarni, Oliy Majlis palatalari va ularning organlari qarorlarini, davlat dasturlarini ijro etish, shuningdek o‘z zimmalariga yuklatilgan vazifalar hamda funksiyalarni amalga oshirish bo‘yicha axborotini eshitish vakolati aniq belgilanyapti.

Shu bilan birga, “Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi Qonunga ham o‘zgartirishlar kiritish taklif etilmoqda. Ya’ni, qo‘mita majlislarida davlat organlari va ularning mansabdor shaxslarining axborotini eshitishda Hukumat tegishli rahbarlarning ishtirokini ta’minlashi aks etmoqda.

Majlisda qonunchilik taklifi bo‘yicha qaror qabul qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling