Parkent tumanida uch nafar bola cho‘kib ketdi: jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent viloyati Parkent tumanidagi “Parkentsoy” kanali o‘zanida hosil bo‘lgan suv havzasida uch nafar yosh bola cho‘kib ketdi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.
Tekshiruv natijasiga ko‘ra, kanal uchastkasining bir qismida 20x40 metr o‘lchamda va taxminan 2 metr chuqurlikda sunʼiy suv havzasi hosil bo‘lgani aniqlandi. Ushbu suv havzasi hech qanday to‘siq bilan o‘ralmagan va ogohlantiruvchi belgilar bilan jihozlanmagan. Shuningdek, mahalliy aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilmagan va xavfli holatni bartaraf etish uchun zarur choralar ko‘rilmagan.
Fojia 14 iyun kuni tushdan so‘ng sodir bo‘ldi: bolalar guruhi kanalning qurib qolgan o‘zaniga borishgan, u yerdagi chuqurlikda to‘plangan suvda esa uch nafar o‘quvchi — 13, 12 va 11 yoshli o‘g‘il bolalar — cho‘kib ketishgan. Ular bir maktabda tahsil olishgan.
Hodisa yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 116-moddasi («Kasbiy majburiyatni lozim darajada bajarmaslik») va 207-moddasi (“Xalatparastlik”) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Tergov organlari fojianing barcha jihatlarini aniqlash maqsadida zarur protsessual harakatlarni boshlagan.