Paragvay prezidenti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi
Paragvay prezidenti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Paragvay Respublikasi prezidenti Santyago Penya 11 dekabr kuni O‘zbekistonga keldi. “Toshkent-Xumo” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Toshkentdagi tashrif doirasida oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, unda ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy va gumanitar hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama etiladi. Qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va kimyo sanoati, raqamlashtirish, turizm va sport sohalarida amaliy hamkorlikka alohida eʼtibor qaratiladi.
Paragvay prezidenti, shuningdek, Xalqaro avtomobil federatsiyasi shafeligida o‘tkaziladigan musobaqalar g‘oliblarini taqdirlash marosimida, shuningdek, ushbu tashkilotning Bosh Assambleyasida ishtirok etadi.