Valyuta kurslari 10/12/2025
$1 – 12003.18
UZS – 0,11%
€1 – 13987.31
UZS – 0,09%
₽1 – 156.68
UZS – -0,8%
Qidirish
Paragvay Prezidenti rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonda boʻladi

Paragvay Prezidenti rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonda boʻladi

Paragvay Prezidenti rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonda boʻladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Paragvay Respublikasi Prezidenti Santyago Penya 11-13-dekabr kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda boʻladi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Toshkentda boʻlib oʻtadigan oliy darajadagi muzokaralarda Oʻzbekiston bilan Paragvay oʻrtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy va gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan.

Qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat va kimyo sanoati, raqamlashtirish, turizm hamda sport sohalarida amaliy sheriklikni oʻrnatishga alohida eʼtibor qaratiladi.

Paragvay yetakchisi, shuningdek, Xalqaro avtomobil federatsiyasi Bosh assambleyasida va federatsiya shafeligida oʻtkaziladigan musobaqalar gʻoliblarini taqdirlash marosimida ishtirok etadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling