Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Paragvay Prezidenti “Olimpiya shaharchasi”ga tashrif buyurdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Shu kunlarda Paragvay Respublikasi Prezidenti Santyago Penya mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan bo‘lib turibdi.
Martabali mehmon bugun “Olimpiya shaharchasi”ga tashrif buyurib, mamlakatimizda sport sohasida olib borilayotgan islohotlar bilan tanishdi.
Janob Penyaga tashrif davomida Sport vaziri Adham Ikramov, Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov hamda MOQ raisining birinchi oʻrinbosari Otabek Umarov hamrohlik qildi.
Paragvay Prezidenti davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan bunyod etilgan ushbu noyob majmua mamlakatda sportni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishini, majmua unda yorqin taassurot qoldirganini ta’kidladi.