Valyuta kurslari 06/10/2025
$1 – 12060.48
UZS – -0,32%
€1 – 14156.59
UZS – -0,47%
₽1 – 146.97
UZS – -1,3%
Qidirish
Para yengil atletikachilarimiz Jahon chempionatini 12 ta medal bilan yakunlashdi

Para yengil atletikachilarimiz Jahon chempionatini 12 ta medal bilan yakunlashdi

Para yengil atletikachilarimiz Jahon chempionatini 12 ta medal bilan yakunlashdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Hindistonning Nyu-Deli shahrida to‘qqiz kun davom etgan para yengil atletika bo‘yicha dunyo birinchiligi o‘z nihoyasiga yetdi.

Dunyoning 109 ta mamlakatidan jami 1400 nafarga yaqin sportchilar bahs olib borgan mazkur nufuzli turnirda O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham ishtirok etib, yakunda hamyurtlarimiz tomonidan 5 ta oltin, 5 ta kumush va 2 ta bronza, jami 12 ta medal qo‘lga kiritildi.

Oltin:

Yoqutxon Xolbekova (T12, uzunlikka sakrash)

Jasur Xo'jayev (F32, yadro uloqtirish)

Karomat Omonova (F46, yadro uloqtirish)

Faxriddin Xamrayev (T12, 400 m)

Temurbek Giyazov (T64, balandlikka sakrash)

Kumush:

Kubaro Hakimova (F41, yadro uloqtirish)

Shahina Yigitaliyeva (F46, nayza uloqtirish)

Yorqinbek Odilov (F57, nayza uloqtirish)

Bobur Omonov (F41, yadro uloqtirish)

Madina Muxtorova (F40, yadro uloqtirish)

Bronza:

Tolibboy Yo'ldoshev (F37, yadro uloqtirish)

Navro'za Axmatova (F41, disk uloqtirish).

Jamoamiz Nyu-Deli-2025 Jahon chempionatini umumjamoa hisobida medallar jamg'arish reytingida 14-o'rinda yakunladi. 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling