Palataning Pokistondagi savdo vakillari tayinlandi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov va O‘zbekistonning Pokistondagi favqulodda va muxtor elchisi Alisher To‘xtayev o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif tashrifi natijalari bo‘yicha savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, jumladan, Lahor shahrida O‘zbekiston savdo uyini ochish, Karachi shahrida O‘zbekiston mahsulotlari shou-rumi va omborini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv doirasida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining Pokistondagi savdo vakillari etib tadbirkor vatandoshlarimiz tayinlandi:
Lahor shahrida — Dilorom Abdullayeva
Karachi shahrida — Albina Kurtbedinova
Shuningdek, suhbat chog‘ida Karachi shahrida "Made in Uzbekistan" milliy ko‘rgazmasini tashkil etish va ikki mamlakat ishbilarmon doiralari ishtirokida O‘zbekiston-Pokiston biznes-forumini o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi.