Oʻzmetkombinat va Xitoyning Henan Longcheng Group kompaniyalari hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “O‘zmetkombinat” AJda Xitoyning Henan Longcheng Group Co., Ltd. kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda “O‘zmetkombinat” AJ Boshqaruvi raisi – Bosh direktor Bahodir Abdullayev ishtirok etdi. Muzokaralar chog‘ida tomonlar sanoat sohasidagi o‘zaro hamkorlik masalalari, ilg‘or texnologiyalar almashinuvi hamda istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Henan Longcheng Group Co., Ltd. — Xitoy metallurgiya sanoatining yirik vakillaridan biri bo‘lib, mis plitalar, quyma prokat qoliplari, energiya tejamkor uskunalar hamda ilg‘or metallurgiya texnologiyalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.