Valyuta kurslari 16/02/2026
$1 – 12220.98
UZS – -0,44%
€1 – 14495.30
UZS – -0,66%
₽1 – 158.38
UZS – -0,45%
Qidirish
Oʻzgidromet favqulodda gidrometeorologik ogohlantirish eʼlon qildi

Oʻzgidromet favqulodda gidrometeorologik ogohlantirish eʼlon qildi

Oʻzgidromet favqulodda gidrometeorologik ogohlantirish eʼlon qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi 16–17 fevral kunlari kutilayotgan yog‘ingarchiliklar munosabati bilan favqulodda gidrometeorologik axborotni eʼlon qildi.

Xizmat maʼlumotlariga ko‘ra, ushbu sanalarda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel va suv toshqinlari bilan bog‘liq hodisalar yuzaga kelishi mumkin.

Xavf ehtimoli yuqori bo‘lgan hududlar qatoriga:

Qashqadaryo viloyati — Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi va G‘uzor tumanlari;

Surxondaryo viloyati — Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on va Muzrabot tumanlari;

Samarqand viloyati — Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurabod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Poyariq, Jomboy va Ishtixon tumanlari;

Navoiy viloyati — Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex va Karmana tumanlari;

Jizzax viloyati — Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish va Yangiobod tumanlari;

Toshkent viloyati — Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq va Yuqori Chirchiq tumanlari, shuningdek Angren va Olmaliq shaharlari;

Namangan viloyati — Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan va Yangiqo‘rg‘on tumanlari;

Farg‘ona viloyati — So‘x, Shohimardon, Farg‘ona va Beshariq tumanlari;

Andijon viloyati — Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlari, shuningdek Xonobod shahri.

To‘g‘ oldi va tog‘li hududlarda yashovchi fuqarolarga, sayyohlarga hamda tog‘li hududlarga safar rejalashtirayotgan haydovchilarga ehtiyot choralarini kuchaytirish tavsiya etiladi.

Shuningdek, ayrim hududlarda yomg‘ir suvlarining to‘planishi kuzatilishi mumkinligi, bu esa mahalliy suv toshqinlariga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling