Valyuta kurslari 04/12/2025
$1 – 11912.38
UZS – 0,26%
€1 – 13873.16
UZS – 0,57%
₽1 – 153.39
UZS – 0,07%
Qidirish
“Oʻzbekneftgaz” VEMA bilan dekarbonizatsiya va SAF loyihalarini muhokama qildi

“Oʻzbekneftgaz” VEMA bilan dekarbonizatsiya va SAF loyihalarini muhokama qildi

“Oʻzbekneftgaz” VEMA bilan dekarbonizatsiya va SAF loyihalarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Shveysariyaning VEMA S.A. kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tomonlar dekarbonizatsiya jarayonlariga oid loyiha tashabbuslari hamda yashil moliya resurslarini jalb qilish istiqbollarini muhokama qildilar.

Muzokaralarda ayniqsa, metan chiqindilarini aniqlash va kamaytirishga qaratilgan “LDAR” loyihasi, shuningdek, texnik-iqtisodiy asoslar ishlab chiqish va kompressor stansiyalarini modernizatsiya qilish bo‘yicha hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.

Shu bilan birga, barqaror aviatsiya yoqilg‘isi (SAF) ishlab chiqarish loyihasi bo‘yicha ham amaliy hamkorlik masalasi kun tartibidan o‘rin oldi.

Uchrashuv yakunida tomonlar qo‘shma ekologik loyihalarni kengaytirish va “yashil” energetika yo‘nalishida faol hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling