Valyuta kurslari 26/02/2026
$1 – 12137.10
UZS – -0,42%
€1 – 14307.21
UZS – -0,42%
₽1 – 158.53
UZS – -0,35%
Qidirish
“Oʻzbekneftgaz” va “Citibank” moliyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

“Oʻzbekneftgaz” va “Citibank” moliyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

“Oʻzbekneftgaz” va “Citibank” moliyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “O‘zbekneftgaz” AJ hamda AQSHning “Citibank” vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar o‘rtasidagi hamkorlik 2021-yilda Jamiyatning xalqaro kapital bozoridagi ilk yevroobligatsiyalari chiqarilishi jarayonida boshlanganini qayd etish joiz. Jarayonda “Citibank” tashkilotchi banklardan biri sifatida ishtirok etgan edi.

Muloqotda “O‘zbekneftgaz” AJning 2025-yil yakunlari bo‘yicha moliyaviy natijalari, kredit reytingidagi ijobiy o‘zgarishlar hamda kompaniyaning moliyaviy barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari, jumladan geologiya-qidiruv ishlari, burg‘ilash dasturlari va investitsiya loyihalarini moliyalashtirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar strategik loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va moliyaviy hamkorlikni yanada kengaytirishdan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini ta’kidladilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling