“Oʻzbekneftgaz” AJ Xitoyning YUHAN kompaniyasi bilan neft qazib olishda ilgʻor texnologiyalarni joriy etish masalalarini muhokama qildi
“Oʻzbekneftgaz” AJ Xitoyning YUHAN kompaniyasi bilan neft qazib olishda ilgʻor texnologiyalarni joriy etish masalalarini muhokama qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Pekin shahrida “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi hamda Xitoyning “YUXAN” kompaniyasi rahbariyati va Xitoy neft universiteti professorlari o‘rtasida ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralarda ishlamay turgan quduqlarni qayta faollashtirish, shuningdek past debitlilaridan samarali foydalanishni ta’minlaydigan texnologik yechimlar, shu jumladan suv va uglevodorodlarni ajratish texnologiyalari, ularni joriy etish istiqbollari muhokama qilindi. Ushbu yechimlar mavjud zahiralardan samarali foydalanish nuqtayi nazaridan muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.
Boshqaruv raisi "YUXAN" kompaniyasi tomonidan taklif etilgan texnologik yechimlar, ularning Jamiyat sharoitida qo‘llanish imkoniyatlari hamda bunday loyihalarni amalga oshirishning asosiy texnik va iqtisodiy parametrlari bo‘yicha batafsil va tizimli taqdimot zarurligini bildirdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar sohada zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini kengroq o‘rganishga kelishib oldilar.