Valyuta kurslari 04/12/2025
$1 – 11912.38
UZS – 0,26%
€1 – 13873.16
UZS – 0,57%
₽1 – 153.39
UZS – 0,07%
Qidirish
“Oʻzbekneftgaz” AJ xalqaro Stage-Gate loyiha boshqaruv modelini joriy etmoqda

“Oʻzbekneftgaz” AJ xalqaro Stage-Gate loyiha boshqaruv modelini joriy etmoqda

“Oʻzbekneftgaz” AJ xalqaro Stage-Gate loyiha boshqaruv modelini joriy etmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “UzAssets” AJ tomonidan tasdiqlangan transformatsiya yo‘l xaritasiga muvofiq, “O‘zbekneftgaz” AJda investitsion loyihalarni boshqarish samaradorligini oshirish maqsadida “Stage-Gate” metodologiyasini joriy etish ishlari olib borilmoqda. Mazkur metod loyihaning har bir bosqichida ijro natijalarini tizimli baholash, xavflarni kamaytirish hamda sarf-xarajatlarni optimallashtirishga xizmat qiladi.

Joriy yil 24 sentyabrda “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruv raisi va xalqaro "SASOL" kompaniyasi vakillari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda kompaniya o‘z tajribasini amaliy qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirgan edi. Shu asosda “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan “Stage-Gate” metodologiyasiga muvofiq investitsion loyihalarni boshqarish tartibi to‘g‘risidagi Nizom loyihasi ishlab chiqildi.

2025 yil 2–3 dekabr kunlari "SASOL" kompaniyasi tomonidan “Stage-Gate” modeli bo‘yicha Workshop o‘tkazildi. Tadbir davomida xalqaro kompaniyalarning ilg‘or tajribalari ko‘rib chiqildi va kompaniya tajribasini “O’zbekneftgaz” AJ faoliyatida tadbiq etish imkoniyatlari hamda afzalliklari o’rganib chiqildi.

Kelgusida "SASOL" tajribasi hisobga olinib, “Stage-Gate” modelini to‘liq joriy etish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinib, kompaniya tavsiyalariga muvofiq, investitsion loyihalarni boshqarish toʻgʻrisidagi nizom yanada takomillashtiriladi.

Ushbu tadbirlar “O‘zbekneftgaz” AJning investitsion faoliyatini xalqaro standartlarga muvofiq modernizatsiya qilish, xarajatlarni samarali boshqarish va loyiha natijadorligini oshirishga xizmat qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling