Valyuta kurslari 06/03/2026
$1 – 12175.53
UZS – -0,04%
€1 – 14151.62
UZS – 0,09%
₽1 – 155.08
UZS – -1,05%
Qidirish
“Oʻzbekneftgaz” AJ va Xitoyning XIBU kompaniyasi 30 ta quduqni burgʻilash boʻyicha strategik kelishuv imzoladi

“Oʻzbekneftgaz” AJ va Xitoyning XIBU kompaniyasi 30 ta quduqni burgʻilash boʻyicha strategik kelishuv imzoladi

“Oʻzbekneftgaz” AJ va Xitoyning XIBU kompaniyasi 30 ta quduqni burgʻilash boʻyicha strategik kelishuv imzoladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) —  “O‘zbekneftgaz” AJ va “XIBU” kompaniyasi o‘rtasida 2026–2027-yillarda 30 ta quduqni burg‘ilash bo‘yicha birinchi bosqich shartnoma imzolandi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Bunda 450 tonnalik yuk ko‘tarish quvvatiga ega 10 ta burg‘ilash dastgohini O‘zbekistonga keltirish ko‘zda tutilgan.

Qayd etish joizki, “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan o‘tkazilgan seysmik tadqiqotlar natijalari bilan aniqlangan tabiiy gaz zaxirasiga istiqbolli maydonlarda rejalashtirilayotgan yangi quduqlar chuqurligi 5500–6000 metrdan ortiq bo‘lishi kutilmoqda.

Shuningdek, amalda burg‘ilangan quduqlarda 1000 atmosferagacha bo‘lgan yuqori bosim va 200°C harorat kabi murakkab geologik sharoitlar kuzatilgan.

Mazkur loyiha murakkab geologik sharoitda burg‘ilash jarayonlari xavfsizligini ta’minlash, avariyaviy holatlarning oldini olish va geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish, gaz zaxiralarini ko‘paytirish hamda mamlakat energetika xavfsizligini ta’minlash borasidagi strategik vazifalarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling