Valyuta kurslari 28/11/2025
$1 – 11902.30
UZS – 0,17%
€1 – 13780.48
UZS – 0,23%
₽1 – 152.18
UZS – 0,75%
Qidirish
“Oʻzbekneftgaz” AJ Kanada bilan sohada texnologiyalarni rivojlantirish va raqamlashtirishni muhokama qildi

“Oʻzbekneftgaz” AJ Kanada bilan sohada texnologiyalarni rivojlantirish va raqamlashtirishni muhokama qildi

“Oʻzbekneftgaz” AJ Kanada bilan sohada texnologiyalarni rivojlantirish va raqamlashtirishni muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — "O‘zbekneftgaz" AJ Boshqaruv raisi Bahodirjon Sidiqov Kanadaning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Kristofer Daggan boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.

Muloqot davomida neft-gaz sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari, jumladan, texnologik almashinuv, innovatsion yechimlarni joriy etish, ta’lim dasturlarini rivojlantirish va mutaxassislar malakasini oshirish mexanizmlari atroflicha muhokama qilindi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda qator loyihalarni amalga oshirayotgan va yuqori texnologiyali yechimlarni joriy etishda barqaror natijalarga erishib kelayotgan "Condor Energies" kompaniyasi faoliyatiga alohida to‘xtalindi.

Kompaniyaning gorizontal burg‘ilashning zamonaviy usullaridan foydalanish tajribasi hamda ishlab chiqarish jarayonlari samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan ma’lumotlarni tahlil qilish vositalarini O‘zbekistonda tatbiq etishni kengaytirishni ta’kidladilar.

Tomonlar amaldagi hamkorlik darajasini yuqori baholab, uni samarali texnologik sheriklik namunasi sifatida qayd etdilar va qo‘shma tashabbuslarni yanada kengaytirish uchun katta salohiyat mavjudligini e’tirof etishdi.

Kanadaliklar o‘z kompaniyalarining uglevodorod xomashyosini qidirish, qazib olish va qayta ishlash loyihalarida, shuningdek, sohani raqamlashtirish – sun’iy intellekt, avtomatlashtirish, ma’lumotlar tahlili va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishda ishtirokini kengaytirishga tayyorligini bildirdi.

Muzokaralar yakunida tomonlar uzoq muddatli sheriklikni rivojlantirishdan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini bildirdilar. Texnik ekspertiza almashish, tashabbuslarni batafsil ishlab chiqish va aloqalarni kengaytirish bo‘yicha amaliy mexanizmlarni shakllantirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling