Valyuta kurslari 27/01/2026
$1 – 12098.12
UZS – 0,11%
€1 – 14353.21
UZS – 1,2%
₽1 – 158.64
UZS – -0,42%
Qidirish
“Oʻzbekneftgaz” AJ GIP bilan neft va gaz infratuzilmasiga investitsiyalarni jalb qilishni muhokama qildi

“Oʻzbekneftgaz” AJ GIP bilan neft va gaz infratuzilmasiga investitsiyalarni jalb qilishni muhokama qildi

“Oʻzbekneftgaz” AJ GIP bilan neft va gaz infratuzilmasiga investitsiyalarni jalb qilishni muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisi Abdug‘ani Sanginov «Global Infrastructure Partners» kompaniyasi (AQSHning «BlackRock» kompaniyasi sho‘ba korxonasi) vakili Erik Varvel bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muzokaralar davomida strategik hamkorlik istiqbollarini, jumladan O‘zbekistonning neft-gaz sohasidagi mavjud infratuzilmasiga investitsiya kiritish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Muloqotda barcha ehtimoliy takliflarni har tomonlama va puxta tahlil qilish, shuningdek ularning «O‘zbekneftgaz» AJning moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlariga ta’sirini baholash muhimligi ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida xorijiy tomon bilan axborot almashinuvi bo‘yicha kelishuv imzolandi.

Shuningdek, tomonlar neft-gaz sohasida istiqbolli investitsiya loyihalarini ko‘rib chiqish va strategik hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling