Valyuta kurslari 23/01/2026
$1 – 12136.92
UZS – 0,12%
€1 – 14191.70
UZS – 0,03%
₽1 – 159.99
UZS – 2,3%
Qidirish
Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi 2025-yilda 20,7 foizga oʻsib, 81,2 milliard dollarga yetdi

Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi 2025-yilda 20,7 foizga oʻsib, 81,2 milliard dollarga yetdi

Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi 2025-yilda 20,7 foizga oʻsib, 81,2 milliard dollarga yetdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil yanvar-dekabr oylarida respublikaning tashqi savdo aylanmasi (TSA) 81,2 mlrd AQSH dollariga yetdi va 2024-yilga nisbatan 13 928,4 mln AQSH dollariga yoki 20,7 % ga koʻpaydi. Bu haqda Milliy statistika qo'mitasi xabar berdi.

TSAda eksport hajmi 33 812,3 mln AQSH dollariga (2024-yilga nisbatan 24,0 % ga oʻsdi) va import hajmi 47 354,5 mln AQSH dollariga (18,5 % oʻsish) yetdi. Hisobot davrida tashqi savdo balansi 13 542,2 mln AQSH dollari miqdorida manfiy saldo bilan shakllandi.

Oʻzbekiston jahonning  210 mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. Oʻzbekiston tashqi savdo aylanmasining yuqori ulushi Xitoy (21,2 %), Rossiya (16,0 %), Qozogʻiston (6,1 %), Turkiya (3,7 %) va Koreya Respublikasi (2,1 %) hissasiga toʻgʻri keldi.

Eksport tarkibida tovarlar ulushi 71,1 % ni tashkil etib, jumladan, sanoat tovarlari (11,8 %), oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (8,7 %), kimyoviy vositalar va shunga oʻxshash mahsulotlar (6,3 %) va har xil tayyor mahsulotlar hissasi yuqori (5,0 %) boʻldi.

2025-yilning yanvar-dekabr oylarida tashqi savdo aylanmasida tovarlar va xizmatlar eksporti boʻyicha asosiy hamkorlar Rossiya (12,8 %), Xitoy (7,3 %), Qozogʻiston (4,6 %), Afgʻoniston (4,5 %), Turkiya (3,4 %), Fransiya (2,6 %), Qirgʻiz Respublikasi (2,3 %), BAA (2,1 %), Tojikiston (2,0 %) va Pokiston (1,0 %) kabi davlatlar boʻldi. Ularning umumiy eksportdagi ulushi 40,0 % dan ortiqni tashkil etdi.

boshqa 520,7 618,9 540,5 928,5 2025-yil yanvar-dekabr oylarida 2 121,2 mln AQSH dollariga teng meva va sabzavotlar eksport qilindi. Bu koʻrsatkich 2024-yilga nisbatan 36,9 % ga oʻsdi va jami eksportdagi ulushi 6,3 % ni tashkil etdi.

2025-yil yanvar-dekabr oylari yakuni boʻyicha 2 632,5 mln AQSH dollarilik toʻqimachilik mahsulotlari eksporti amalga oshirilib, umumiy eksportning 7,8 % ini tashkil etdi va oʻtgan yilga nisbatan 8,2 % ga kamaydi.

Eksport qilingan toʻqimachilik mahsulotlari tarkibida tayyor toʻqimachilik mahsulotlari (54,3 %), ip kalava (27,0 %) asosiy ulushni egallagan.

2025-yil yanvar-dekabr oylarida xizmatlar eksporti hajmi 9 760,4 mln AQSH dollarini yoki jami eksport hajmining 28,9 % ini tashkil etib, 2024-yilga nisbatan 28,9 % ga oʻsdi.

Xizmatlar eksporti tarkibining asosiy ulushi safarlar (50,0 %), transport (33,0 %), telekommunikatsiya, kompyuter va axborot (9,4 %) va boshqa tadbirkorlik bilan bogʻliq xizmatlar (3,0 %) hissasiga toʻgʻri kelgan.

Ushbu davrga kelib import hajmi 47 354,5 mln AQSH dollariga yetdi va 2024-yilga nisbatan 18,5 % ga oʻsdi. Import tarkibida eng katta ulush, mashinalar va transport asbob-uskunalari (33,8 %), sanoat tovarlari (15,3 %) hamda kimyoviy vositalar va shunga oʻxshash mahsulotlar (11,8 %) hisobiga toʻgʻri keldi.

Tovarlar importi dinamikasi tahliliga koʻra, 2025-yilning yanvar-dekabr oylarida import qilingan tovarlar hajmi, 2024-yilga nisbatan 6 794,2 mln AQSH dollariga koʻpaydi va 42 083,9 mln AQSH dollarini tashkil etdi. Xizmatlar importi esa 5 270,6 mln AQSH dollariga yetdi.

2025-yil yanvar-dekabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasi 180 dan ortiq davlatdan tovar va xizmatlar importini amalga oshirdi. Yirik hamkor davlatlar, jumladan, Xitoy (31,2 %), Rossiya (18,3 %), Qozogʻiston (7,2 %), Turkiya (4,0 %), Koreya Respublikasi (3,5 %), Germaniya (2,7 %) va Hindiston (2,4 %) jami importning 60,0 % dan ortigʻini tashkil etdi.

2025-yilning yanvar-dekabr oylari yakuni bilan xizmatlar importi hajmi 5 270,6 mln AQSH dollarini yoki jami import hajmining 11,1 % ini tashkil etdi va oʻtgan yilga nisbatan 12,7 % ga oshdi.

Xizmatlar importi tarkibida asosiy ulush safarlar (49,0 %), transport xizmatlari (23,7 %), telekommunikatsiya, kompyuter va axborot xizmatlari (10,6 %) va boshqa tadbirkorlik bilan bogʻliq xizmatlar (6,2 %) hissasiga toʻgʻri keldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling