Oʻzbekistonning Misrdagi elchixonasi mamlakat fuqarosining jasadini vataniga qaytarish ishlarini tashkil qildi
Oʻzbekistonning Misrdagi elchixonasi mamlakat fuqarosining jasadini vataniga qaytarish ishlarini tashkil qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Elchixona diplomatlari tomonidan Misrda yurak xuruji bilan vafot etgan surxondaryolik 38 yoshli O‘zbekiston fuqarosi B.Aning jasadi vatanga qaytarildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Mudhish voqea haqida xabar olinishi bilan elchixona masʼullari tegishli mahalliy idoralar bilan aloqa o‘rnatib, barcha zarur hujjatlarni tezkor ravishda rasmiylashtirish choralari ko‘rilgan.
Shu bilan birga marhumaning Misrdagi oila aʼzolariga alohida eʼtibor qaratildi. Elchixona aviakompaniya hamda marosim xizmatlari bo‘yicha muvofiqlashtirish ishlarida ham ko‘maklashdi.
Marhumaning oilasi xohishiga ko‘ra, uni milliy anʼanalarga muvofiq dafn etish uchun jasadning O‘zbekistonga yetkazilishi taʼminlandi.