Valyuta kurslari 20/06/2025
$1 – 12559.26
UZS – -0,47%
€1 – 14413.01
UZS – -0,71%
₽1 – 160.17
UZS – -0,41%
Qidirish
Iqtisod 21/06/2025 Oʻzbekiston–Germaniya amaliy fanlar universitetini tashkil etish boʻyicha Istaklar bayoni imzolandi

Oʻzbekiston–Germaniya amaliy fanlar universitetini tashkil etish boʻyicha Istaklar bayoni imzolandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Germaniyaga amaliy tashrifi doirasida Saksoniya Anxalt federal oʻlkasi parlamenti raisi Gunnar Shelenberger bilan uchrashdi. Uchrashuvning asosiy natijasi sifatida ikki tomon oʻrtasida Oʻzbekiston–Germaniya amaliy fanlar universitetini tashkil etish boʻyicha Istaklar bayoni (Letter of Intent) imzolandi.

Mazkur hujjat kelgusida Germaniyaning Anxalt amaliy fanlar universiteti hamkorligida Oʻzbekistonda yangi, xalqaro standartlarga javob beradigan universitetni tashkil etishga qaratilgan amaliy qadamlarni boshlashni nazarda tutadi. Ushbu universitetni tashkil etish orqali mamlakatimizda injenerlik, kompyuter fanlari, sunʼiy intellekt va xalqaro biznes yoʻnalishlarida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash uchun zamin yaratiladi.

Gunnar Shelenberger universitetni "Oʻzbekiston–Germaniya amaliy fanlar universiteti" deb nomlashni taklif qildi hamda uning Vasiylik kengashiga Saksoniya Anxalt parlamenti raisi sifatida shaxsan ishtirok etishga tayyor ekanini bildirdi. Uning soʻzlariga koʻra, bu universitet bitiruvchilarining Germaniyada ishga joylashish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Muzokaralar chogʻida, shuningdek, universitetni moliyalashtirish, moddiy-texnik bazasini shakllantirish va xalqaro hamkorlik mexanizmlarini joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling