Oʻzbekistonda Xalqaro Quyosh Energiyasi Uyushmasi (ISES) filiali ochiladi
Oʻzbekistonda Xalqaro Quyosh Energiyasi Uyushmasi (ISES) filiali ochiladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zR FA Fizika-texnika institutining “Yarimo‘tkazgichlar asbobsozligi” va “Quyosh issiqlik va energetik qurilmalari” laboratoriyalari tomonidan Jahon banki tomonidan moliyalashtirilayotgan loyiha doirasida institut olimlari Braziliyaning Fortaleza shahrida bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon Quyosh energiyasi kongressi (SWC–2025) da ishtirok etishdi.
Kongress yakunida Oʻzbekistonda ISES filialini tashkil etish toʻgʻrisida shartnoma imzolandi.
Ushbu hamkorlik yirik ilmiy loyihalarni amalga oshirish, kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish hamda ilgʻor quyosh texnologiyalarini mamlakatga oʻtkazish uchun keng imkoniyatlar ochadi.
Mutaxassislarning taʼkidlashicha, ushbu nufuzli Xalqaro tashkilot bilan hamkorlik kelajakda O‘zbekistonda soha rivojiga, jumladan yirik ilmiy hamkorlik loyihalarini amalga oshirish, kadrlar tayyorlash hamda yangi texnologiyalar transferini amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.