Valyuta kurslari 19/03/2026
$1 – 12178.85
UZS – 0,41%
€1 – 14053.18
UZS – 0,6%
₽1 – 146.54
UZS – -0,98%
Qidirish
Oʻzbekistonda gender tengligi va ayollarning dunyodagi roli muhokama qilindi

Oʻzbekistonda gender tengligi va ayollarning dunyodagi roli muhokama qilindi

Oʻzbekistonda gender tengligi va ayollarning dunyodagi roli muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 19-mart kuni Senatning Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi Orzigul Kozixonova BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi siyosiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Andrey Xanjin bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollari muloqotining 2026 yildagi faoliyati, shuningdek, “Ayollar, tinchlik va xavfsizlik” kun tartibi doirasida rejalashtirilgan tadbirlar muhokama qilindi.

Suhbat chog‘ida gender tenglikni taʼminlash, ayollarning jamiyat va davlat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish, shuningdek, mintaqada tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashda xotin-qizlarning rolini oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Tomonlar hamkorlikni yana-da rivojlantirish, tajriba almashish va qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishga tayyor ekanligini bildirdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling