Valyuta kurslari 21/11/2025
$1 – 11914.67
UZS – 0,03%
€1 – 13735.23
UZS – -0,36%
₽1 – 148.27
UZS – 0,53%
Qidirish
Oʻzbekistonda fazoviy maʼlumotlar boʻyicha milliy forum boʻlib oʻtd

 Oʻzbekistonda fazoviy maʼlumotlar boʻyicha milliy forum boʻlib oʻtd

Oʻzbekistonda fazoviy maʼlumotlar boʻyicha milliy forum boʻlib oʻtd

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Kadastr agentligi, Jahon banki va Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda fazoviy ma’lumotlar infratuzilmasi bo‘yicha milliy forumi bo'lib o'tdi.

Tadbirda fazoviy ma’lumotlarning kadastr tizimidagi o‘rni, iqtisodiy islohotlar, urbanizatsiya va iqlim o‘zgarishiga moslashuvdagi ahamiyati muhokama qilindi. Shuningdek, FMMIni rivojlantirishga qaratilgan yangi loyihalar taqdim etildi.

Forumda vazirlik va idoralar, xalqaro tashkilotlar hamda xususiy sektordan 150 dan ortiq mutaxassis ishtirok etdi. Forumda fazoviy ma’lumotlarni yig‘ish, boshqarish va almashishning yagona standartlarini yaratish, kadastr tizimini raqamlashtirish va ilg‘or tajribalarni joriy etish masalalari ko‘rib chiqildi.

Tadbir davomida raqamli transformatsiyaga xizmat qiluvchi ikki yangi loyiha ishga tushirildi:

 35 mln AQSh dollarlik “Hududlarni barqaror rivojlantirish uchun FMMI” loyihasi – Jahon banki ko‘magida amalga oshiriladi. Loyiha kadastr tizimini modernizatsiya qilish, kadastr xaritalarini yaratish, muhandislik kommunikatsiyalari reyestrini shakllantirish va davlat–xususiy sektor o‘rtasida ma’lumot almashinuvini kuchaytirishni nazarda tutadi.

 6,6 mln yevrolik “FMMIni raqamlashtirish va integratsiyalash” loyihasi – Yevropa Ittifoqi moliyaviy ko‘magida amalga oshiriladi va fazoviy ma’lumotlarni boshqarish bo‘yicha salohiyatni oshirishga qaratilgan.

Mazkur tashabbuslar “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan hududlar rivoji va urbanizatsiya jarayonlarini qo‘llab-quvvatlaydi, shuningdek, qiymati 400 mln dollarlik “Yashash uchun qulay va unumdor shaharlari” dasturi uchun zamin yaratadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling