Oʻzbekiston YXHT koʻmagida Ispaniyaning jazoni ijro etish tizimini isloh qilish tajribasini oʻrgandi
Oʻzbekiston YXHT koʻmagida Ispaniyaning jazoni ijro etish tizimini isloh qilish tajribasini oʻrgandi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston delegatsiyasining Ispaniyaga tashrifi 2025-yil 15-18-dekabr kunlari bo‘lib o‘tdi. Tashrif YXHTning O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori va Taraqqiyot va odil sudlov markazi (CDJI) hamkorlikda tashkil etildi.
O‘quv tashrif jarayonida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi vakillari hamda mamlakatning jazoni ijro etish muassasalari rahbarlari ishtirok etdi.
Ular ispan tizimining amalda qanday ishlashini ko‘rish uchun erkaklar va ayollar qamoqxonalari va politsiya bo‘limiga tashrif buyurdi.
Bundan tashqari, o‘zbekistonlik mutaxassislar Ispaniya Adliya vazirligi, Jazoni ijro etish muassasalari Bosh kotibiyati, Karlos III universitetining "Gregorio Peches-Barba" inson huquqlari instituti hamda Ibero-Amerika xalqaro huquqiy hamkorlik tarmog‘ida uchrashuvlar o‘tkazdi.
Delegatsiya a’zolari diqqatini tizim markazida inson ekaniga qaratdi. Ispaniya tomoni mahkumlarni individual baholash mexanizmlarini taqdim etdi. Bunda har bir mahbus alohida ko‘rib chiqiladi: uning xulq-atvori, ehtiyojlari va imkoniyatlari baholanadi, so‘ngra saqlash rejimi va qo‘llab-quvvatlash dasturlari tanlanadi.