Oʻzbekiston YUNESKOning taʼlim boʻyicha sessiyalarida ishtirok etmoqda

Oʻzbekiston YUNESKOning taʼlim boʻyicha sessiyalarida ishtirok etmoqda

Oʻzbekiston YUNESKOning taʼlim boʻyicha sessiyalarida ishtirok etmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — YUNESKOning Bosh ofisida o‘tkazilayotgan “2026-yilgi Global Ta’lim Monitoringi (GEM)” tadbirlari doirasida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova YUNESKOning ikki yuqori darajali sessiyasida nutq so‘zladi.

Tadbirda 30 dan ortiq mamlakatning ta’lim vazirlari va vazir o‘rinbosarlari ishtirok etdi.

Dastlab vazir “Ta’lim sohasidagi imkoniyatlar va ularga adolatli yondashuv” vazirlar sessiyasida so’zga chiqdi.

Unda O‘zbekiston tajribasi – jahon miqyosida eng tez rivojlanayotgan maktabgacha ta’lim tizimlaridan biri sifatida YUNESKO tomonidan e’tirof etildi.

Jumladan, vazir E'zoza Karimova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning siyosiy irodasi tufayli 2017-yildan buyon olib borilgan islohotlar natijasida maktabgacha ta’lim qamrovi 28%dan 78%ga yetkazilgani hamda davlat-xususiy sheriklik, oilaviy bog‘chalar, mobil guruhlar – qamrovni adolatli kengaytirishning samarali modeli tizimga katta ijobiy ta’sir ko‘rsatgani haqida so‘z yuritdi.

Shu kuni, vazir E’zoza Karimova “Majburiyatlardan ta’sirgacha” vazirlar panelida ham nutq so‘zladi.

Unda O‘zbekiston tajribasidan “3 asosiy dars” xalqaro auditoriyaga taqdim etildi:

Siyosiy iroda – tizimli islohotga aylanishi shart

Turli xil modellar – kengaytirish uchun zarur bo'lgan shart

Adolat o‘z-o‘zidan vujudga kelmaydi – maqsadli siyosat talab etiladi.

Shu bilan birga YUNESKO tomonidan taqdim etilgan 2026-yilgi YUNESKO GEM hisobotiga muvofiq O‘zbekiston maktabgacha ta’lim qamrovini 7 yilda uch barobar oshirgan yagona davlat sifatida tan olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling