Oʻzbekiston Yevropa Ittifoqi bozoriga eksport qilish boʻyicha koʻrsatmalar tayyorladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan hamkorlikda mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini oshirish va Yevropa Ittifoqi bozorida GSP+ imtiyozlaridan samarali foydalanish bo‘yicha ikki amaliy qo‘llanma tayyorladi.
Loyiha doirasida quyidagi qo‘llanmalar ishlab chiqildi: “GSP+ imtiyozlaridan foydalanib YeI bozoriga to‘qimachilik va tikuv mahsulotlarini eksport qilish” va “GSP+ imtiyozlaridan foydalanib YeI bozoriga meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish”
Har ikki nashr o‘zbek va rus tillarida tayyorlangan bo‘lib, Yevropa Ittifoqi talablariga rioya qilish, tovarlarning kelib chiqishini rasmylashtirish, logistika, sertifikatlashtirish, eksport jarayonlari va YI bozoriga kirishning boshqa muhim jihatlari bo‘yicha bosqichma-bosqich ko‘rsatmalarni o‘z ichiga oladi.
Mazkur materiallar Yevropa bozorida o‘z faoliyatini kengaytirishni rejalashtirayotgan kompaniyalar uchun amaliy qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi hamda GSP+ imkoniyatlaridan maksimal darajada foydalanishga yordam beradi.