Valyuta kurslari 29/01/2026
$1 – 12168.98
UZS – 0,34%
€1 – 14588.17
UZS – 1,17%
₽1 – 159.89
UZS – 0,86%
Qidirish
Oʻzbekiston yarim tayyor zargarlik buyumlarini eksport qilish tartibini takomillashtirmoqda

Oʻzbekiston yarim tayyor zargarlik buyumlarini eksport qilish tartibini takomillashtirmoqda

Oʻzbekiston yarim tayyor zargarlik buyumlarini eksport qilish tartibini takomillashtirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Deputatlar tomonidan ko‘rib chiqilgan navbatdagi hujjat — yarim tayyor zargarlik buyumlarini O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqish tartibini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi bo‘ldi.

Mamlakatimizda zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish, respublikada ishlab chiqariladigan zargarlik buyumlarining tashqi bozorda raqobatbardoshligini ta’minlash hamda zargarlik buyumlari eksportini oshirishga qaratilgan keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.

Buning natijasida zargarlik sanoatida sezilarli o‘sish kuzatilib, 2025-yilning o‘zida sohada faoliyat olib boruvchi tadbirkorlar soni 2 700 tadan oshdi. Eksport ko‘rsatkichi esa 5.1 tonnaga yoki 439 million AQSH dollariga yetdi.

Ushbu qonun loyihasi bilan esa qimmatbaho metallardan yasalgan yarim tayyor zargarlik buyumlarini O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqishda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasining xulosasini olish nazarda tutilmoqda.

Majlisda qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash davomida mas’ul qo‘mita tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilgani, jumladan, deputatlar takliflari asosida loyihaga tegishli o‘zgartishlar kiritilib, ayrim normalar amaldagi qonunchilik hujjatlaridan kelib chiqqan holda takomillashtirilgani qayd etildi.

Sapargul UTЕMURATOVA, Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qo‘mitasi a’zosi: Qonun loyihasida nazarda tutilayotgan normalar qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarning muomalada bo‘lishi sohasidagi davlat siyosatini takomillashtirish, mahalliy zargarlik sanoatini rivojlantirish hamda qonuniy faoliyat olib borayotgan mahalliy tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Muhokamalardan so‘ng, qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling