Valyuta kurslari 05/11/2025
$1 – 11950.63
UZS – -0,18%
€1 – 13744.42
UZS – -0,3%
₽1 – 147.70
UZS – -0,06%
Qidirish
Oʻzbekiston Yaponiyaning Ishigaki kompaniyasi bilan togʻ-kon sanoatida hamkorlikni muhokama qildi

Oʻzbekiston Yaponiyaning Ishigaki kompaniyasi bilan togʻ-kon sanoatida hamkorlikni muhokama qildi

Oʻzbekiston Yaponiyaning Ishigaki kompaniyasi bilan togʻ-kon sanoatida hamkorlikni muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 4-noyabr kuni Togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri oʻrinbosari R.Yusupov vazirlik mutasaddilari, “O‘zbekgidrogeologiya” DM, “GIDROINGEO instituti” DM rahbarlari bilan birgalikda Ishigaki Company, Ltd kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Dastlab Ishigaki Company vakillari korxona faoliyati va texnologiyasi boʻyicha taqdimot bilan tanishtirib,  innovatsion yechimlar va xalqaro sheriklik tajribasi haqida maʼlumot berdilar.

Shuningdek, uchrashuv davomida suvni qayta ishlash texnologiyalarini Oʻzbekistonning konchilik va metallurgiya korxonalarida joriy etish, hamkorlikda ilmiy-tadqiqot va injiniring loyihalarini amalga oshirish masalalari boʻyicha fikr almashildi.
 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling