Valyuta kurslari 25/12/2025
$1 – 12067.60
UZS – 0,13%
€1 – 14239.77
UZS – 0,19%
₽1 – 153.71
UZS – 0,0%
Qidirish
Oʻzbekiston Xalqaro maslahat kengashi bilan islohotlar natijalari va 2026-yilga moʻljallangan rejalarni muhokama qildi

Oʻzbekiston Xalqaro maslahat kengashi bilan islohotlar natijalari va 2026-yilga moʻljallangan rejalarni muhokama qildi

Oʻzbekiston Xalqaro maslahat kengashi bilan islohotlar natijalari va 2026-yilga moʻljallangan rejalarni muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktori Baxodir Raxmatov Xalqaro maslahat kengashi a’zolari – Alfred Guzenbauer, Aleksandr Kvasnevskiy va Shtefan Fyule bilan onlayn muloqot o‘tkazdi.

Suhbatda mazkur kengash bilan hamkorlikning bugungi holati, yakunlanayotgan yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi.

Xalqaro maslahatchilar tavsiyalari bir qator hujjatlarda, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 22 oktyabrda qabul qilingan PF-186-son Farmonida o‘z ifodasini topdi. Boshqa takliflar esa Pensiya islohotlari konsepsiyasi, Demografik siyosat strategiyasi kabi ishlab chiqilgan hujjatlar loyihalariga kiritildi.

Joriy yilda O‘zbekiston delegatsiyasining Avstriya, Polsha va Chexiyaga, Xalqaro maslahat kengashi a’zolarining yurtimiz hududlariga amaliy tashriflari tashkil etildi. Ular asosida “aqlli” infratuzilma, mintaqaviy kooperatsiya, turizm, ta’lim kabi yo‘nalishlarni rivojlantirish chora-tadbirlari amalga oshirildi.

Xalqaro maslahat kengashi O‘zbekistondagi asosiy islohotlarni, shuningdek, Yevropa Ittifoqi bilan Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolanganini yuqori baholab, bu aloqalarni yanada mustahkamlash uchun asos bo‘lishini ta’kidladi.

Muloqotda o‘zaro hamkorlikning 2026 yilga mo‘ljallangan istiqbollari va yangi yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling