Valyuta kurslari 19/03/2026
$1 – 12178.85
UZS – 0,41%
€1 – 14053.18
UZS – 0,6%
₽1 – 146.54
UZS – -0,98%
Qidirish
Oʻzbekiston va YTTB strategik hamkorlikni muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va YTTB strategik hamkorlikni muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va YTTB strategik hamkorlikni muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Vazirlar Mahkamasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) birinchi vitse-prezidenti Greg Guyett bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

YTTB O‘zbekistonning asosiy strategik hamkorlaridan biri bo‘lib qolmoqda. So‘nggi yillarda Bank mamlakatimizda mintaqadagi eng yirik, ya’ni 7 mlrd dollardan ortiq investitsiyalar portfelini shakllantirdi.

Birgina 2025-yilda amalga oshirilgan operatsiyalar hajmi 1 mlrd dollardan oshdi, bunda moliyalashtirishning 85 foizi xususiy sektorga yo‘naltirildi.

Uchrashuvda 2026-yildagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari — xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash, infratuzilma loyihalarini ilgari surish, shuningdek, yangi raqamli yechimlarni muhokama qilindi.

Aholi hayoti sifati va iqtisodiyot barqarorligi uchun amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan loyihalar: energetika tarmoqlarini modernizatsiya qilish, suv tejovchi va irrigatsiya tizimlarini rivojlantirish, “O‘zbekiston temir yo‘llari”ni raqamli transformatsiya qilish hamda shuningdek, Nukus va Samarqand shaharlariga elektrobuslar yetkazib berish loyihasi alohida ko‘rib chiqildi.

Maxsus iqtisodiy zonalarda infratuzilmani moliyalashtirishning yangi modellarini birgalikda ishlab chiqishni faollashtirishga hamda ushbu yechimlar yuzasidan yaqin orada o‘tkaziladigan xalqaro maydonlarda muloqotni rivojlantirishga kelishib oldilar.

Jamshid Xodjayev Greg Guyettga konstruktiv muhokama va O'zbekiston bilan hamkorlik ko'lamini kengaytirishga tayyorligi uchun minnatdorchilik bildirdi va mamlakat iqtisodiy rivojlanishi uchun sheriklikning strategik ahamiyatini ta'kidladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling