Valyuta kurslari 11/02/2026
$1 – 12309.99
UZS – -0,08%
€1 – 14666.12
UZS – 0,35%
₽1 – 159.64
UZS – 0,18%
Qidirish
Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi raqamlashtirish, transport va suv resurslarini boshqarish sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 10-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Yevropa Komissiyasining Xalqaro hamkorlik bo‘yicha bosh direktorati (DG INTPA) huzuridagi Markaziy Osiyo va Afg‘oniston bo‘limi rahbari Sharlotta Adrian hamda Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Toyvo Klaar bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi qo‘shma loyihalar ijrosining joriy holati va istiqboldagi ustuvor vazifalar ko‘rib chiqildi.

Raqamlashtirish, transport, strategik xomashyo hamda suv xo‘jaligi yo‘nalishlarida o‘zaro aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama markazida bo‘ldi.

Shuningdek, Yevropa Ittifoqi, O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi mavjud muloqot platformalari hamda ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi hamkorlik imkoniyatlaridan yanada faol foydalanish orqali munosabatlarni chuqurlashtirish yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy hamkorlikni chuqurlashtirish va konstruktiv muloqotni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling