Valyuta kurslari 04/12/2025
$1 – 11912.38
UZS – 0,26%
€1 – 13873.16
UZS – 0,57%
₽1 – 153.39
UZS – 0,07%
Qidirish
Oʻzbekiston va Yaponiya strategik sheriklikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Yaponiya strategik sheriklikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Yaponiya strategik sheriklikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 4-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari B.Usmanov Yaponiya Favqulodda va Muxtor Elchisi Kenji Hirata bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Yapon diplomati lavozimiga rasman kirishishi munosabati bilan yo‘llangan tabriklar uchun minnatdorlik bildirib, O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlash, savdo, investitsiyalar, energetika, infratuzilma, ta’lim va madaniyat sohalarida hamkorlikni har tomonlama kengaytirish yo‘lida sa’y-harakatlarini davom ettirishga tayyor ekanini ta’kidladi.

Uchrashuv chog‘ida tomonlar O‘zbekiston–Yaponiya hamkorligining joriy kun tartibidagi dolzarb masalalarini, shuningdek, yaqin istiqbolda rejalashtirilgan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama qo‘shma tadbirlar jadvalini muhokama qildilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling